O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hozirgi kunda qizamiqqa qarshi emlanmagan aholi va bolalar orasida qizamiq kasalligi holatlari qayd etilmoqda.
Aholi va bolalar o‘rtasida qizamiqqa qarshi umumjamoa immunitetini shakllantirish hamda qizamiq bo‘yicha barqaror epidemiologik vaziyatni ta’minlash maqsadida joriy yilning 8–18-iyun kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi barcha birlamchi davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida “Immunizatsiya haftaligi” doirasida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari olib borilmoqda.
Olib borilayotgan jarayonlardan fotolavhalar…
https://t.me/sanepidqom_qarshitum