5 oylik faoliyat sarhisobi muhokama qilindi
🎙 Sanepidqo‘mitaning viloyat boshqarmasida O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar hamda Ovqatlanish gigiyenasi bo‘limlarining 2026 yilning dastlabki 5 oyida amalga oshirgan ishlari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
📊 Taqdimotlarda yuqumli kasalliklarning oldini olish, epidemiologik barqarorlikni ta’minlash, sanitariya nazoratini kuchaytirish, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va aholi o‘rtasida sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
📌 Tadbir yakunida boshqarma boshlig‘i To‘lqin Rasulov tomonidan yilning qolgan qismi uchun ustuvor vazifalar belgilab berilib, profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish va aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Kanalga obuna bo‘lish 👇
📱https://t.me/sanepidqashvil
🌐 Telegram