Mutaxassis tavsiyasi:BFQ kasalliklarni davolash uchun moʻljallanmagan
Biologik faol qo‘shimchalar (BFQ) – bu organizmni vitaminlar, minerallar va boshqa foydali moddalarga to‘ldirishga yordam beruvchi qo‘shimcha mahsulotlardir. Biroq ular dori vositasi hisoblanmaydi.
⚠️ Muhim eslatma: BFQ mahsulotlari kasalliklarni davolash, tashxis qo‘yish yoki ularning oldini olish uchun mo‘ljallanmagan. Ular shifokor tomonidan belgilangan davolash usullarining o‘rnini bosa olmaydi.
❓🩺 Nima uchun ehtiyot bo‘lish kerak?
Har bir inson organizmi turlicha javob beradi;
Noto‘g‘ri qabul qilish sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin;
Kasalliklarda o‘z-o‘zini davolash xavfli hisoblanadi;
Faqat ishonchli manbalardan va mutaxassis tavsiyasi bilan foydalanish kerak.
💡 Esda tuting: BFQ – bu sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha vosita, lekin asosiy davolash usuli emas.
🩺 Agar sizda sog‘liq bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, albatta shifokor yoki mutaxassisga murojaat qiling.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum