“Immunizatsiya haftaligi” doirasida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hozirgi kunda qizamiqqa qarshi emlanmagan aholi va bolalar orasida qizamiq kasalligi holatlari qayd etilmoqda.

Aholi va bolalar o‘rtasida qizamiqqa qarshi umumjamoa immunitetini shakllantirish hamda qizamiq bo‘yicha barqaror epidemiologik vaziyatni ta’minlash maqsadida joriy yilning 8–18-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatidagi birlamchi davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlarida “Immunizatsiya haftaligi” doirasida qizamiqqa qarshi emlash tadbirlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan zaxiradagi qizamiq vaksinasi ehtiyojdan kelib chiqqan holda taqsimlanib, davolash-profilaktika muassasalarining emlash punktlariga yetkazib berilishi, shuningdek, chekka va uzoq hududlarda yashovchi aholi hamda bolalarni emlash ishlarini tashkil etish uchun harakatdagi emlash brigadalari avtotransport vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
Bundan tashqari, bolalarni xavfsiz va sifatli emlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum