Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I. B. Mashtinov tomonidan majlislar zalida «Korrupsiyaga qarshi kurash va Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish» masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Bunda Korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash hamda Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari,yig‘ilish davomida:
-korrupsiyaning salbiy oqibatlari, unga qarshi kurashish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablari, xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi hamda xizmat faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari muhokama qilindi.
📌Shuningdek,barcha ishchi-xodimlarga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, halollik va mas’uliyat tamoyillariga amal qilish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum