Difteriya kasalligi haqida
Difteriya — og‘ir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Corynebacterium diphtheriae bakteriyasi chaqiradi. Kasallik asosan tomoq, burun va nafas yo‘llarini zararlaydi hamda organizmni zaharlovchi toksin ajratadi.
Yuqish yo‘llari
Havo-tomchi yo‘li orqali (yo‘tal, aksirish, gaplashganda);
Kasal odam bilan yaqin muloqotda;
Ba’zan umumiy buyumlar orqali.
Asosiy belgilari
Tana haroratining ko‘tarilishi;
Tomoq og‘rig‘i;
Holsizlik;
Bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi;
Nafas olish qiyinlashishi;
Tomoqda oq-kulrang parda hosil bo‘lishi;
Xavfli asoratlari
Yurak faoliyati buzilishi;
Nafas yetishmovchiligi;
Asab tizimi zararlanishi;
Og‘ir hollarda o‘limga olib kelishi mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum