⚠️ Kuydirgi — o‘ta xavfli yuqumli kasallik

⚠️ Kuydirgi — o‘ta xavfli yuqumli kasallik

📌 Kuydirgi — hayvonlardan odamlarga yuqadigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi Bacillus anthracis bakteriyasidir. Kasallik asosan qoramol, qo‘y, echki va boshqa uy hayvonlarida uchraydi.

🔹 Kasallikning yuqish yo‘llari:

• Kasallangan hayvon bilan muloqot qilish;
• Zararlangan go‘sht va sut mahsulotlarini iste’mol qilish;
• Hayvon terisi, juni orqali;
• Ayrim hollarda havo-tomchi yo‘li orqali.

🔹 Asosiy belgilari:

• Tana haroratining ko‘tarilishi;
• Holsizlik va bosh og‘rig‘i;
• Teri yuzasida qora markazli yara paydo bo‘lishi;
• Nafas qisishi (o‘pka shaklida);
• Qorin og‘rig‘i va ich ketishi (ichak shaklida).

🛡 Oldini olish choralari:

✅ Go‘sht va sut mahsulotlarini veterinariya nazoratidan o‘tkazish;
✅ Kasal yoki o‘lgan hayvonlarga tegmaslik;
✅ Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish;
✅ Hayvonlarni vaqtida emlatish;
✅ Noma’lum joydan go‘sht mahsulotlari xarid qilmasli;

🚑 Kasallik belgilari kuzatilsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarur. Erta aniqlash va davolash hayot uchun muhim ahamiyatga ega.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum