Hayit bayramiga tayyorgarlik:olib borilayotgan ishlar
✨ Yurtimizda muborak Hayit bayramini munosib kutib olish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
📌 Mahalla va ko‘chalarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda;
📌 Jamoat joylari tozalanib, sanitariya holati nazorat qilinmoqda;
📌 Bozor va savdo nuqtalarida oziq-ovqat mahsulotlari sifati tekshirilmoqda;
📌 Aholi gavjum maskanlarda dezinfeksiya tadbirlari kuchaytirilmoqda;
📌 Muhtoj oilalar hamda keksalarga saxovat va ko‘mak ishlari tashkil etilmoqda;
📌 Bayram kunlari osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
🤝 Hayit — mehr-oqibat, saxovat va birdamlik ayyomi.
Bayramni poklik, tartib va yaxshi kayfiyat bilan kutib olaylik!
🌸 Barchangizga tinchlik, fayz va baraka tilaymiz!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum