O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqish sabablari
O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari bakteriya, virus va parazitlarning organizmga tushishi natijasida kelib chiqadi. Kasallik ko‘pincha gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda tarqaladi.
Asosiy sabablar:
🦠 Iflos qo‘l:
Qo‘lni ovqatdan oldin yuvmaslik;
Hojatxonadan chiqqandan keyin qo‘l yuvmaslik.💧 Toza bo‘lmagan suv:
Qaynatilmagan suv ichish;
Ariq, hovuz yoki noma’lum manbadagi suvdan foydalanish.🍎 Yaxshi yuvilmagan meva va sabzavotlar:
Mikroblar va parazitlar ovqat orqali organizmga tushadi.🍗 Sifatsiz yoki buzilgan oziq-ovqat:
Eskirgan mahsulot iste’moli;
Go‘sht, sut, baliq mahsulotlarini noto‘g‘ri saqlash.🪰 Pashsha va hasharotlar:
Mikroblarni ovqatga yuqtiradi.🧴 Sanitariya-qoidalariga amal qilmaslik:
Ovqat tayyorlash joylarining iflosligi;
Idish-tovoqlarning yaxshi yuvilmasligi.👨👩👧 Kasal odam bilan yaqin muloqot:
Ayrim ichak infeksiyalari bir kishidan boshqasiga yuqadi.https://t.me/sanepidqom_qarshitum