❓ OIV qanday yuqadi?
📌OIV faqat quyidagi uchta asosiy yoʻl bilan yuqadi:
1.Qon orqali:
Zararlangan qon, steril boʻlmagan tibbiy asboblar (ignalar, shprislar), umumiy ustara yoki tish choʻtkasi orqali.
2.Himoyalanmagan jinsiy aloqa orqali:
Prezervativsiz jinsiy aloqa OIV yuqishining eng keng tarqalgan yoʻli hisoblanadi.
3.Onadan bolaga: Homiladorlik, tugʻruq yoki emizish jarayonida OIV infeksiyalangan onadan bolaga oʻtishi mumkin. Ammo zamonaviy davolash usullari bilan bu xavfni sezilarli darajada kamaytirish mumkin.
❌ OIV qanday yuqmaydi?
📌Bu juda muhim!
OIV quyidagi yoʻllar bilan yuqmaydi va OIV bilan yashovchilarga nisbatan asossiz qoʻrquv va stigmani oldini olish uchun buni bilish shart:
• Qoʻl berib koʻrishish, quchoqlash, oʻpish (chuqur oʻpishdan tashqari).
•Bir idishdan ovqatlanish, bir stakandan ichish.
•Hojatxona, hammom yoki basseynlardan foydalanish.
• Yoʻtalish, aksirish.
• Hasharot chaqishi (chivinlar va boshqa hasharotlar OIV tashuvchisi emas).
https://t.me/sanepidqom_qarshitum