Pedikulyoz nima?

Pedikulyoz nima?

Pedikulyoz — bu odam tanasida bitlar (parazit hasharotlar) yashashi bilan bogʻliq kasallikdir. Bitlar asosan bosh sochi, kiyim-kechak yoki tananing tukli qismlarida yashab, qon soʻrib oziqlanadi. Kasallik tez tarqaladi va ayniqsa bolalar orasida koʻp uchraydi.

Pedikulyozning asosiy belgilari:

Bosh terisida kuchli qichishish;
Soch orasida mayda oq tuxumchalar (sirka) paydo boʻlishi;
Teri qizarishi va tirnalishlar;
Bezovtalik va uyqusizlik;
Baʼzan yara va yalligʻlanishlar.

Kasallik qanday yuqadi?

Bir-birining tarogʻi, bosh kiyimi, sochiq va yostiqlaridan foydalanish orqali;
Yaqin muloqotda;
Gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum