Salmonelyoz kasalligi kelib chiqish sabablari nima?

Salmonelyoz kasalligi kelib chiqish sabablari nima?

Salmonellyoz — bu Salmonella bakteriyalari keltirib chiqaradigan yuqumli ichak kasalligi.U asosan ovqat va suv orqali yuqadi.

🧫 Kasallikning kelib chiqish sabablari:

1.Noto‘g‘ri pishirilgan ovqatlar:
Xom yoki yetarli pishmagan go‘sht (ayniqsa parranda go‘shti);
Xom tuxum yoki undan tayyorlangan mahsulotlar.

2.Zararlangan oziq-ovqat mahsulotlari

Notoza sharoitda saqlangan sut va sut mahsulotlari;
Yaroqlilik muddati o‘tgan ovqatlar.

3.Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik

Ovqatdan oldin qo‘l yuvmaslik;
Oshxona anjomlarini toza saqlamaslik.

4.Ichimlik suvi ifloslanishi

Qaynatilmagan yoki sanitariya jihatdan tekshirilmagan suv ichish.

5.Hayvonlar bilan aloqa

Kasal parrandalar, tovuq yoki uy hayvonlari orqali yuqish.

⚠️ Qisqacha:
Kasallikning asosiy manbai — iflos ovqat, suv va gigiyena qoidalariga amal qilmaslik.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum