#tabrik
🌸 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni muborak!🌸
✨Hurmatli hamshiralar!
Sizning mehringiz, sabringiz va fidokorona mehnatingiz minglab insonlarga umid va dalda beradi. Har bir bemorga bergan e’tiboringiz, shirin so‘zingiz va g‘amxo‘rligingiz eng buyuk insoniy fazilat namunasidir.
Oq xalat ortida katta yurak, cheksiz sabr va insonparvarlik yashaydi. Sizlar sog‘liq posbonlari, mehr ulashuvchi insonlarsiz. Kasbingiz sharafli va mas’uliyatli bo‘lishi bilan birga, juda qadrlidir.
✨ Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, qalbingizga xotirjamlik va mehnatingizga ulkan muvaffaqiyat tilaymiz! Har doim xalq ehtiromida, yaqinlaringiz ardog‘ida bo‘ling!
💐 Bayramingiz muborak bo‘lsin! 💐
Hurmat bilan Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi boshligʻi I.B.Mashtinov
Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati
https://t.me/sanepidqom_qarshitum