Yod yetishmovchiligi — sogʻliq uchun jiddiy xavf!
Organizm uchun zarur boʻlgan yod moddasi yetishmasa, qalqonsimon bez faoliyati buziladi va turli kasalliklar yuzaga keladi.
Yod yetishmovchiligi oqibatlari:
🔹 Buqoq (zob) kasalligi;
🔹 Xotira va diqqat pasayishi;
🔹 Tez charchash va holsizlik;
🔹 Bolalarda aqliy va jismoniy rivojlanish sustlashuvi;
🔹 Immunitetning pasayishi;
🔹 Homilador ayollarda homila rivojlanishiga salbiy ta’sir.
Yod yetishmovchiligining asosiy belgilari:
⚠️ Uyquchanlik;
⚠️ Soch toʻkilishi;
⚠️ Teri qurishi;
⚠️ Vazn ortishi;
⚠️ Kayfiyat tushkunligi;
⚠️ Yurak urishining sekinlashuvi.
Oldini olish yoʻllari:
✅ Faqat yodlangan tuzdan foydalaning;
✅ Baliq va dengiz mahsulotlarini ko‘proq iste’mol qiling;
✅ Sut, tuxum va sabzavotlarni ratsionga kiriting;
✅ Sogʻlom ovqatlanishga amal qiling;
✅ Shifokor tavsiyasisiz dori qabul qilmang;
✅ Homilador ayollar yod miqdoriga alohida e’tibor berishi kerak.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum