🍭 Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish xavfli!

🍭 Shakarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish xavfli!

Bugungi kunda shakar miqdori yuqori bo‘lgan gazli ichimliklar, shirinliklar, fastfud va turli qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.

⚠️ Ortiqcha shakar iste’moli quyidagi kasalliklar xavfini oshiradi:

❤️ Yurak-qon tomir kasalliklari:
— qon bosimi oshishi;
— qon tomirlar torayishi;
— yurak xuruji xavfi.

🩺 Endokrin kasalliklar:
— semizlik;
— qandli diabet;
— moddalar almashinuvi buzilishi.

🧬 Xavfli o‘sma kasalliklari

Tadqiqotlarga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish va ortiqcha shakar ayrim o‘sma kasalliklari rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.

👨‍👩‍👧 Ayniqsa bolalar va yoshlar orasida shirin mahsulotlarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish kelajakdagi sog‘liq muammolariga zamin yaratadi.

✅ Sog‘lom hayot uchun:

🥗 tabiiy mahsulotlarni tanlang;
💧 ko‘proq suv iching;
🍎 meva va sabzavotlarni ko‘paytiring;
🚫 gazli va ortiqcha shirin ichimliklarni cheklang.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum