Dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlari sotish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish.

🥛 Dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlari sotish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish.

Aholiga sifatli va xavfsiz sut mahsulotlarini yetkazib berish maqsadida dehqon bozorlarida sut va sut mahsulotlari savdosi uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy nazorat ostida oʻrganilmoqda.

🔎 Oʻrganish jarayonida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

✅ Sut va sut mahsulotlarini saqlash uchun sovutkichlarning mavjudligi;
✅ Mahsulotlarning veterinariya-sanitariya ekspertizasidan oʻtkazilgani;
✅ Sotuvchilarning sanitariya qoidalariga rioya qilishi;
✅ Mahsulotlarning yaroqlilik muddati va sifati;
✅ Savdo rastalarining tozaligi va gigiyenik holati;
✅ Kafolatlanmagan mahsulotlar savdosining oldini olish.

📌 Sut va sut mahsulotlarini faqat belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtgan savdo nuqtalaridan xarid qilish tavsiya etiladi.

⚠️ Sifat nazorati — aholi salomatligi garovi!

https://t.me/sanepidqom_qarshitum