«Zararli va xavfli mehnat sharoitida ishlayotgan xodimlarning mehnati muhofazasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar».
📊 Imtiyozlar va Kafolatlar
✅O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, zararli va xavfli sharoitda ishlovchilarga quyidagilar kafolatlanadi:
✅Qisqartirilgan ish vaqti: Haftasiga 36 soatdan oshmaydigan ish tartibi.
✅Qo‘shimcha ta’til:Yillik asosiy ta’tilga qo‘shib beriladigan pullik dam olish kunlari.
✅Ustama haq:Noqulay mehnat sharoiti uchun ish haqiga qo‘shiladigan maxsus to‘lovlar.
✅Bepul oziq-ovqat:Ayrim hollarda sut yoki unga tenglashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash.
🚸 Profilaktika — eng yaxshi himoya
Faqatgina qoidalarni bilish kifoya qilmaydi, ularga amal qilish madaniyatini shakllantirish muhim:
Muhim eslatma: Har bir xodim ish boshlashdan oldin mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘riqnomadan (instruktaj) o‘tishi va xavfsizlik texnikasi imtihonlarini topshirishi shart.
✅Xavflarni baholash:Ish joyidagi zararli omillar (chang, nurlanish, tebranish, kimyoviy moddalar) darajasini muntazam o‘lchab borish.
✅O‘qitish: Xodimlarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum