Jismoniy faollikning foydalari
Jismoniy faollikning inson salomatligiga ijobiy ta’siri beqiyosdir. Harakatlar mushaklar va suyaklarni mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi, yurak faoliyatini kuchaytiradi. Muntazam jismoniy mashqlar qondagi xolesterin darajasini pasaytirib,qand miqdorini me’yorlashtirishga yordam beradi. Ayniqsa, zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan semirish muammosini bartaraf etishda jismoniy faollik asosiy vositalardan biridir.
Shuningdek, jismoniy faollik insonning ruhiy salomatligiga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Mashqlar davomida organizmda endorfinlar –
baxt gormonlari ajralib chiqadi, ular kayfiyatni ko‘taradi va stressni kamaytiradi. Shu bois muntazam sport bilan shug‘ullanuvchi insonlarda depressiya, xavotir kabi psixologik muammolar kamroq uchraydi.