«Guruhli kasalliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda toʻy va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda guruhli kasallanishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish»

«Guruhli kasalliklarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda toʻy va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda guruhli kasallanishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish»

Sog‘lig‘ingizni asrash va bayramingiz ko‘ngilsizliksiz o‘tishini ta’minlash uchun quyidagi profilaktik tavsiyalarga amal qilishni so‘raymiz:

​🍽️ Oziq-ovqat xavfsizligi — Birinchi galda!

📌​Guruhli zaharlanishlarning asosiy sababi sifatsiz tayyorlangan taomlar bo‘ladi.
📌​Sifatli mahsulot:Go‘sht, sut va tuxum mahsulotlarini faqat veterinariya-sanitariya ko‘rigidan o‘tgan joylardan xarid qiling.
📌​Saqlash tartibi:Tez buziluvchi mahsulotlar (salatlar, kremli tortlar) +4°C dan +6°C gacha bo‘lgan haroratda saqlanishi shart.
📌​Termik ishlov:Go‘shtli taomlar yetarli darajada qaynatilgan yoki qovurilgan bo‘lishi lozim.

​🧼 Shaxsiy gigiyena qoidalari

​Oddiygina qo‘l yuvish ko‘plab «iflos qo‘llar» kasalliklaridan (dizenteriya, gepatit A va b.) himoya qiladi.
​Tadbir o‘tkaziladigan joylarda antiseptik vositalar va sovun bo‘lishini ta’minlang.
​Mehmonlar uchun qo‘l yuvish sharoitlari qulay bo‘lishi kerak.

​🏢 Binoning sanitariya holati

📌​Ventilyatsiya:Marosimlar zali muntazam ravishda shamollatib turilishi zarur. Toza havo viruslar konsentratsiyasini kamaytiradi.
📌​Dezinfeksiya:Stol-stullar va umumiy foydalanish joylari (eshik tutqichlari, sanuzellar) tadbirdan oldin va keyin dezinfektsiyalovchi vositalar bilan ishlov berilishi lozim.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum