✅Trixofitiya (xalq tilida qirma temiratki) — bu Trichophyton turkumiga mansub zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan yuqumli teri kasalligidir.Ushbu kasallik asosan teri, soch va ba’zan tirnoqlarni zararlaydi.
✅Asosiy xususiyatlari:
✅Yuqish yo‘llari:
Kasallik asosan kasal odamdan, hayvonlardan (it, mushuk, qoramol) yoki ular foydalangan buyumlar (taroq, kiyim, sochiq) orqali yuqadi.
✅Alomatlari:
Terida qizarish, qipiqlanish va mayda pufakchalar paydo bo‘lishi.
Boshning sochli qismida sochlar to‘kilib, go‘yo «qirqib olingandek» kal joylar hosil bo‘lishi.
Zararlangan joylarda qichishish kuzatilishi mumkin.
✅Turlari:
Kasallikning yuzaki, surunkali va infiltrativ-maddalovchi (yiringli) turlari farqlanadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum