Meningit kasalligi

📌Meningit kasalligi — bu Meningokokk infeksiyasi bo‘lib, asosan bosh miya pardalarini zararlaydi (meningit) yoki qon zaharlanishiga (sepsis) olib kelishi mumkin.

📌Asosiy sabab:
Kasallikning yagona sababi —
➡️ Neisseria meningitidis bakteriyasi.

📌Qanday yuqadi?
Meningokokk infeksiyasi quyidagi yo‘llar bilan tarqaladi:
Havo-tomchi yo‘li (yo‘tal, aksa urish orqali);
Yaqin muloqot (bir idishdan foydalanish va b.);
Yopiq, gavjum joylarda uzoq vaqt bo‘lish.

📌Kimlar ko‘proq xavf ostida?
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
O‘smirlar va yoshlar
Immuniteti past insonlar;
Yotoqxona, maktab kabi jamoaviy joylarda yashovchilar.

📌Qo‘shimcha omillar:
Sovuq mavsum;
Gigiyenaga rioya qilmaslik;
Stress va charchoq;
Oldingi respirator kasalliklar.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum