qadrlash

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qarshi tuman bo‘limida uzoq yillar davomida epidemiolog shifokor lavozimida samarali faoliyat yuritib kelgan M. Zaripova munosib ravishda nafaqaga chiqib, o‘z mehnat faoliyatini yakunladilar.
M. Zaripova o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati davomida aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish hamda hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida salmoqli hissa qo‘shdilar.

M.Zaripova jamoada o‘zlarining kasbiy mahorati, mas’uliyati va insoniy fazilatlari bilan alohida hurmat qozonganlar.
Qarshi tuman bo‘limi jamoasi M.Zaripovaga samarali mehnati uchun chuqur minnatdorlik bildiradi hamda ularga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va oilaviy baxt,tinchlik-hotirjamlik tilaydi.

Hurmat bilan,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qarshi tuman bo‘limi

Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Axborot xizmati

https://t.me/sanepidqom_qarshitum