🏫 MAKTAB OSHXONALARIGA QO‘YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR
Maktab oshxonalarida gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish—bolalar salomatligini saqlashning eng muhim omillaridan biridir.
Quyidagi talablar majburiy hisoblanadi:
🔹 Xona va jihozlar gigiyenasi:
Oshxona xonalari toza, yorug‘ va shamollatiladigan bo‘lishi kerak.
Pol, devor va ish stollari oson yuviladigan materialdan bo‘lishi lozim.
Idish-tovoqlar alohida joyda tozalanib, quritilishi kerak.
🔹 Oziq-ovqat mahsulotlariga talablar:
Faqat sifatli va sertifikatlangan mahsulotlardan foydalanish.
Mahsulotlar saqlash muddati va sharoitiga rioya qilish.
Xom va tayyor mahsulotlar alohida saqlanishi shart.
🔹Taom tayyorlash jarayoni:
Taomlar sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tayyorlanadi.
Ovqatlar yetarli darajada pishirilishi zarur.
Tayyor taomlar uzoq vaqt ochiq holda saqlanmasligi kerak.
🔹 Xodimlarga qo‘yiladigan talablar:
Oshxona xodimlari maxsus kiyimda (xalat, qalpoq, qo‘lqop) ishlashi kerak.
Doimiy tibbiy ko‘rikdan o‘tib turishi shart.
Shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishi zarur.
🔹 Suv va tozalik nazorati:
Faqat toza ichimlik suvidan foydalanish.
Idishlar issiq suv va dezinfeksiya vositalari bilan yuvilishi kerak.
Chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilishi lozim.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum