OVQATDAN ZAHARLANISH HOLATLARINING OLDINI OLISH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR

OVQATDAN ZAHARLANISH HOLATLARINING OLDINI OLISH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN CHORA-TADBIRLAR

Ovqatdan zaharlanishning oldini olish—aholi salomatligini saqlashda muhim yo‘nalishlardan biridir.

Bu borada quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda:
🔹 Sanitariya nazorati kuchaytirilmoqda:
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va sotish joylarida doimiy tekshiruvlar olib boriladi.
🔹 Mahsulot sifati laboratoriyada tekshiriladi:
Maxsus laboratoriyalarda oziq-ovqat xavfsizligi va sifati nazorat qilinadi.
🔹 Jamoat ovqatlanish joylari monitoringi:
Kafe, restoran va oshxonalarda gigiyena talablariga rioya etilishi kuzatib boriladi.
🔹 Aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlari:
Gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
🔹 Ichimlik suvi nazorati:
Aholiga yetkazilayotgan suvning tozaligi muntazam tekshiriladi.
🔹 Xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi:
Oziq-ovqat sohasida ishlovchilar doimiy tibbiy nazoratdan o‘tadi.
🔹 Dezinfeksiya ishlari olib boriladi:
Savdo va ovqatlanish obyektlarida muntazam tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshiriladi.

⚠️ ESLATMA!

Oddiy gigiyena qoidalariga amal qilish—zaharlanishning oldini olishning eng samarali yo‘lidir!
✔️ Qo‘llarni tez-tez yuving;
✔️ Faqat toza va sifatli mahsulot iste’mol qiling;
✔️ Taomlarni to‘g‘ri saqlang va tayyorlang.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum