Gepatit C kasalligi eleminatsiyasiga erishish
📌 Gepatit C — jigarni zararlovchi virusli kasallik bo‘lib, ko‘pincha yashirin kechadi va kech aniqlanadi.
📌Asosiy maqsad:
Gepatit C ni to‘liq yo‘q qilish (eliminatsiya) — bu kasallikni erta aniqlash, davolash va tarqalishini oldini olish orqali amalga oshiriladi.
🔍 Qanday erishamiz?
✅ Erta aniqlash:
Qon tahlillari orqali virusni aniqlash;
Xavf guruhidagi shaxslarni muntazam tekshirish.
✅ Samarali davolash:
Zamonaviy dorilar yordamida 95% gacha tuzalish mumkin;
Davolanish kursini to‘liq tugatish muhim.
✅ Profilaktika choralarini kuchaytirish:
Faqat steril tibbiy asboblardan foydalanish;
Qon bilan bog‘liq xavfli holatlardan ehtiyot bo‘lish.
💡 Esda tuting:
Gepatit C emlanmaydi, lekin davolanadi.
Vaqtida aniqlansa, jigarni asrab qolish mumkin.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum