7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni! Sog‘liq — eng oliy ne’mat!
Bugun butun dunyo bo‘ylab Butunjahon salomatlik kuni (World Health Day) nishonlanmoqda. Bu kun 1948-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tashkil etilgan sana munosabati bilan har yili o‘tkaziladi. 🌍
Bu kunning asosiy maqsadi — insoniyatni qiynayotgan global tibbiy muammolarga e’tibor qaratish va har bir insonni o‘z salomatligiga mas’uliyat bilan yondashishga chorlashdir. 🤝
💡 Unutmang, salomatlik — bu nafaqat kasallikning yo‘qligi, balki jismoniy, ruhiy va ijtimoiy xotirjamlikdir.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum