Gulshan MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda mahalla faollari ishtirokida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, “Toza qo‘llar” gigiyenasi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda gepatit kasalliklari profilaktikasiga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etildi va o‘tkazildi.

Qarshi tumani Gulshan MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hamda mahalla faollari ishtirokida yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, “Toza qo‘llar” gigiyenasi qoidalariga qat’iy rioya etish hamda gepatit kasalliklari profilaktikasiga qaratilgan keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etildi va o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarga yuqumli kasalliklarning kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, ularning oldini olish choralari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishning ahamiyati, ayniqsa qo‘llarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yuvish, toza ichimlik suvidan foydalanish hamda oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va iste’mol qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum