Qizamiqqa qarshi emlanmaslik jiddiy oqibatlarga olib keladi
Qizamiq — juda yuqumli virusli kasallik bo‘lib, ayniqsa bolalar uchun xavfli hisoblanadi. Emlanmaslik esa kasallikning og‘ir kechishiga va hatto hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
⚠️ Emlanmaslikning asosiy xavflari:
🤒 Og‘ir kasallik kechishi – yuqori isitma, kuchli yo‘tal, ko‘z yallig‘lanishi va toshmalar bilan kechadi
🫁 Pnevmoniya – qizamiqning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biri
🧠 Ensefalit – juda xavfli bo‘lib, nogironlikka olib kelishi mumkin
👂 Eshitish qobiliyatining pasayishi yoki yo‘qolishi
⚰️ O‘lim xavfi – ayniqsa emlanmagan bolalarda yuqori
💉 Nima uchun emlash muhim?
Organizmda kuchli immunitet hosil qiladi
Kasallik tarqalishini oldini oladi
Bolangizni va atrofdagilarni himoya qiladi
https://t.me/sanepidqom_qarshitum