🧼 “TOZA QO‘LLAR” DASTURI AMALDA!
Toza qo‘llar — sog‘liq garovi!
Yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng oddiy va samarali yo‘li — qo‘llarni to‘g‘ri yuvishdir.
📌 Qo‘l yuvish qachon muhim? Ovqatlanishdan oldin va keyin
• Hojatxonadan chiqqach
• Ko‘chadan kelganda
• Yo‘tal yoki aksirgandan keyin
• Hayvonlar bilan aloqadan so‘ng
🖐 To‘g‘ri qo‘l yuvish qoidalari:
✔️ Qo‘llarni suv bilan ho‘llang
✔️ Sovun surting
✔️ Kamida 20 soniya davomida yaxshilab ishqalang
✔️ Toza suv bilan chaying
✔️ Toza sochiq bilan quriting
🏫 Maktab va bog‘chalarda:
Gigiyena burchaklari tashkil etilib, bolalarga qo‘l yuvish odatlari amaliy tarzda o‘rgatilmoqda.
⚠️ Eslatma:
Toza qo‘llar ichak infeksiyalari, gripp va boshqa kasalliklardan himoya qiladi!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum