Noma’lum BFQlar – organizm uchun xavf manbai!
Biologik faol qo‘shimchalar ko‘pincha reklamalarda organizmni tez tiklaydi, vazn kamaytiradi yoki turli kasalliklarni davolaydi deb targ‘ib qilinadi. Ammo har qanday BFQ ham xavfsiz emas.
❗️ E’tibor bering: • BFQ dori vositasi hisoblanmaydi
• Mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilish sog‘liq uchun xavf tug‘dirishi mumkin
• Noma’lum tarkibli qo‘shimchalar jigar va buyrakka zarar yetkazishi ehtimoli bor
• Soxta yoki sifatsiz mahsulotlar turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin
✅ Tavsiya:
Biologik faol qo‘shimchalarni faqat shifokor yoki mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qiling.
🩺 Salomatligingizni asrang — reklama emas, mutaxassis tavsiyasiga ishoning!
https://t.me/sanepidqom_qarshitum