🤧 Grippni oldini oling!
Gripp – oson yuqadigan, lekin oldini olish mumkin bo‘lgan kasallik. O‘zingiz va yaqinlaringizni himoya qilish uchun quyidagilarga amal qiling:
✅ 1. Qo‘llarni tez-tez yuving
Sovun va iliq suv bilan kamida 20 soniya davomida yuving.
✅ 2. Niqob taqing
Aholi gavjum joylarda va kasallik belgilari bo‘lsa, niqob taqish tavsiya etiladi.
✅ 3. Yo‘tal va aksirganda og‘iz-burnni yoping
Bir martalik salfetka yoki tirsak ichki qismidan foydalaning.
✅ 4. Xonani shamollating
Uy va ish joyini kuniga bir necha marta shamollatish virus tarqalishini kamaytiradi.
✅ 5. Sog‘lom turmush tarziga rioya qiling
To‘g‘ri ovqatlanish, yetarli uyqu va jismoniy faollik immunitetni mustahkamlaydi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum