Sanepidqoʻmita Qarshi tuman boʻlimi Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘limi mudiri N. Ibragimova tomonidan “Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar, xususan o‘lat kasalligi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
✔️ Mashg‘ulot davomida o‘lat kasalligining kelib chiqish sabablari, yuqish yo‘llari, klinik belgilari, profilaktika choralari hamda karantin tadbirlarini to‘g‘ri tashkil etish masalalari atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
✔️ Tadbir ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi hamda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.
‼️ Mazkur o‘quv mashg‘uloti aholi salomatligini muhofaza qilish, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum