Brutsellyoz qanday yuqadi?

🦠 Brutsellyoz qanday yuqadi?
1️⃣ Kasal hayvonlardan
Qoramol, qo‘y, echki, cho‘chqa kabi hayvonlardan
Ularning suti, siydigi, najasi orqali
Chorvadorlar, veterinariya xodimlari, go‘sht kombinatida ishlovchilar ko‘proq xavf ostida
2️⃣ Xom yoki qaynatilmagan sut mahsulotlari orqali
Qaynatilmagan sut
Xom sutdan tayyorlangan pishloq, qatiq va boshqa mahsulotlar
👉 Ayniqsa uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar xavfli bo‘lishi mumkin
3️⃣ Teri orqali
Qo‘lda yara, tirnalish bo‘lsa
Himoya qo‘lqopisiz kasal hayvon bilan ishlaganda

https://t.me/sanepidqom_qarshitum