IKKI MUHIM MASALA YUZASIDAN MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Qarshi shahridagi “Jurnalistlar uyi” da Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida ikki muhim mavzuda matbuot anjumani o‘tkazildi.

📌 Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

“Kuz-qish mavsumida ko‘p tarqaladigan epidemik kasalliklarning oldini olish”,

“Kuz-qish mavsumida aholi o‘rtasida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasining chaqnashining oldini olish”.

Matbuot anjumanida har ikki boshqarma mutaxassislari mavzu doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, profilaktik tadbirlar hamda kelgusidagi rejalar haqida atroflicha ma’lumot berishdi.

🔈 OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad aholining xabardorligini oshirish, sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash yo‘lida tashkil etildi.

Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.