SEOvaJSX tuzilmasi

Ushbu nizom O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risida»gi va «Davlat sanitariya nazorati to’g’risida»gi Qonunlari, Respublika Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi №2107-PF sonli «O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish to’grisida»gi
Farmoni asosida ishlab chiqilgan bo’lib, Qarshi tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasining (keyinchalik Sanepidqo’mita deyiladi) tashkiliy faoliyati asoslarini, maqomini, burchi va vazifalarini, funksiyalari va statuslarini belgilaydi.

-Viloyat Sanepidqo’mita shahar va tumanlardagi hududiy
bo’limlarining faoliyatini boshqaruv va nazorati organi bo’lib ma’muriy
munosabatlar bo’yicha viloyat hokimligiga va unga qarashli bo’lgan viloyat sog’liqni
saqlash boshqarmasiga, Respublika sog’liqni saqlash vazirligiga, Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazoratini masalalari bo’yicha Respublika Bosh Davlat sanitariya
vrachiga, O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash vazirligining Davlat
sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga bo’ysunadi.

Viloyat boshqarmasi o’zining ish faoliyatini Davlat boshqaruvi,
ijroya va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olib boradi. O’zbekiston
Respublikasi SSVning Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati Departamenti, Bosh
Boshqarmalari va bo’limlari, ilmiy tadqiqot institutlari, tibbiyot oliygohlari va
o’rta tibbiy bilim yurtlari, hukumat idoralari, muassasalar, tashkilotlar va
jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikda, hamda ular bilan tuzilgan shartnomalar
asosida ish olib boradi.

Viloyat Sanepidqo’mita viloyat hududida joylashgan, qaysi idoraga
bo’ysunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hukumat idoralari,
muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va xususiy tashkilotlar va alohida
shaxslarning sanitariya me’yorlari, qoidalari, sanitariya-epidemiologiya talablariga
rioya etishlari ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

Shahar, tuman Sanepidqo’mitalari sanitariya-epidemiologiya
masalalari bo’yicha viloyat Sanepidqo’mitaga bo’ysunadi.

— Viloyat Sanepidqo’mita O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining «Davlat sanitariya nazorati
to’grisida»gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining qonun va aktlari,
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Farmoyishlari, Respublika
Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmoyishlari, Respublika Sog’liqni saqlash
Vazirligining buyrug’i va me’yoriy hujjatlari, O’zbekiston Respublikasi hududida
harakatda bo’lgan xalqaro qonun me’yorlari hamda mazkur Nizom asosida faoliyat
ko’rsatadi.

— Viloyat boshqarmasi o’zining shahar, tuman bo’limlari bilan
respublikada O’zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo’mitasini tashkil kiladi.