Siz azizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Bu bayram – jamiyatimiz taraqqiyoti, farzandlarimiz ma’naviy kamoloti va kelajagimiz ravnaqi yo‘lida bebaho xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorlik ifodasidir.
✨Ayni paytda tibbiyot sohasida avlodlarga bilim va tajriba berib kelayotgan ustoz shifokor va tibbiyot xodimlari ham alohida e’tirofga loyiqdir. Ular nafaqat kasb sir-asrorlarini o‘rgatadilar, balki jasorat, sabr-toqat va insonparvarlikka ham tarbiyalaydilar.
✨Har bir insonning kamoloti va hayotida ustozning mehnati, sabri va mehri beqiyosdir. Shu bois, bu qutlug‘ kunda barcha ustoz va murabbiylarimizga, shu jumladan tibbiyot ustozlariga ham salomatlik, baxt-saodat, oila tinchligi hamda oliyjanob mehnatlarida zafarlar tilaymiz.
🎙Yana bir bor barchangizni bayram bilan muborakbod etaman!
Hurmat bilan,
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi jamoasi nomidan boshqarma boshlig‘i
To‘lqin Berdiyevich Rasulov
Sanepidqo‘mita Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.