Pedikulyozni oldini olish:
🧴 1. Maxsus dori vositalaridan foydalanish:
Nittifor (eritma yoki sprey shaklida)
Paranit (shampun yoki loson)
Pedilin (shampun)
Medifoks (emulsiya)
Veda yoki Permetrin asosidagi vositalar
🧠 Qo‘llash tartibi:
1. Sochlarni dori vositasi bilan yuvish yoki surtish.
2. Belgilangan vaqt (10–30 daqiqa) kutish.
3. Sochni yaxshilab yuvib tashlash.
4. Maxsus tishlari zich taroq bilan bit va g‘umbaklarni chiqarish.
🪮 2. Sochni parvarish qilish va tozalash
Sochni mayda tishli taroq bilan har kuni tarang.
Tarashdan oldin sochni biroz sirka aralash suv (1 stakan suvga 1 osh qoshiq sirka) bilan namlang — bu g‘umbaklarni bo‘shatadi.
👕 3. Shaxsiy buyumlarni dezinfeksiya qilish
Bitlar kiyimda ham yashay oladi.
Kiyim-kechak, choyshab, yostiq jildlarini qaynoq suvda (60°C dan yuqori) yuvish.
Keyin issiq dazmol bilan dazmollash.
🚫 4. Oldini olish
Boshqasining tarog‘i, shlyapasi, yostig‘idan foydalanmang.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum