Qandli diabet — bu organizmda glyukoza almashinuvi buzilishi bilan kechadigan surunkali kasallikdir. Uning asosiy sababi organizmda insulin gormoni yetishmasligi yoki uning ta’siriga to‘qimalarning sezgirligi pasayib ketishidir.
Turlari:
1. 1-tip diabet – asosan bolalar va yoshlar orasida uchraydi. Oshqozon osti bezida insulin ishlab chiqarilmaydi.
2. 2-tip diabet – kattalarda ko‘proq uchraydi. Insulin ishlab chiqiladi, lekin organizm uni to‘liq qabul qilmaydi (insulin rezistentlik).
3. Homiladorlik diabeti – homiladorlik davrida paydo bo‘ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum