SEOvaJSX vazifalari

Tuman SEOvaJSX ning oldiga qo’yilgan burchlariga asosan quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
— Sanitariya gigienik profilaktik va epidemiyaga qarshi hamda dezinfeksiya, deratizatsiya chora-tadbirlarini o’tkazilishi ustidan Davlat sanitariya nazoratini olib boradi.

— Toksiko-gigienik ekspertizalarni sanitariya, bakteriologiya, virusologiya, biokimyoviy, parazitologiya, radiologiya laboratoriyalari va tajriba tekshirishlari yordamida o’tkazadi.

— Tuman  epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasiga, viloyat tibbiy va sanitariya-epidemiologiya kengashlariga muhokama qilish uchun ma’lumotlarni tayyorlaydi va qabul qilingan qarorlarni bajarilishi ustidan nazorat qiladi.

— Davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratini olib borish jarayonida yangi usul, ish tajribalarini (jumladan, chet davlatlar ish tajribalarini) umumlashtiradi va amalga tadbiq etadi.

— Xizmat faoliyatida avtomatlashtirilgan tizimlarni ishlab chiqishni tashkil etish va amalga tadbiq etishda, sanitariya-epidemiologiya nazorati yuzasidan qo’yilgan vazifalarni hal etishda, tasarrufidagi muassasalar faoliyatiga axborot ta’minoti tipovoy dasturlarini tadbiq etish ustidan nazorat olib borishda, DSENMlar va boshqa tashkilotlarni avtomatlashtirilgan axborot ta’minotining samarali ko’rsatkichlarini  ishlab chiqishda, sanitariya-axborot ta’minoti vazifalariga yetakchi ilmiy-tekshirish markazlarini jalb etishda ishtirok etadi.

— Aholini sanitariya-epidemiologiya barqarorligini ta’minlashda Sanepidqo’mita laboratoriyalarida metrologiya va standartizatsiya talablariga rioya qilishi ustidan nazorat olib borish uslublari va shakllarini takomillashtirib boradi. Laboratoriya kompleksini attestatsiyadan o’tkazadi va akkreditatsiyaga tayyorlaydi.

— Tuman  hududiga olib kelinayotgan va olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni tekshirib, gigiyenik sertifikat beradi.

— Sanitariya-epidemiologiya muassasalarini moddiy-texnika ta’minoti darajasini mustahkamlash yuzasidan ish tashkil etadi.

— Demografik ko’rsatkichlar, o’ta muhim ommaviy, yuqumli,parazitar va kasb kasalliklari ko’rsatkichlari, ovqatdan zaharlanish holatlari,viloyatning sanitariya-epidemiologik holati, hamda radiatsiya vaziyati bo’yicha monitoring asosida ish tashkil etadi, aholi salomatligi holatini va tashqi muhitning xavfli antropogen ta’sirlarini baholaydi, sog’liqni saqlash vazirligi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati Departamentini, Respublika Sanepidqo’mni, hamda viloyat Xokimligini viloyatdagi vaziyatlar to’grisidagi axborot bilan ta’minlaydi.

— Xalq xo’jaligi ob’yektlarida aholi salomatligiga xavf soluvchi noqulay texnogen faktorlarning oldini olish, bartaraf etish (kamaytirish)ga qaratilgan sanitariya-profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning o’tkazilishini nazorat etadi.

— Tabiiy ofat va avariyalar sodir bo’lganda ishlab chiqarish korxonalarida, temir yo’l, havo, avtomobil transportlari va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida axoli salomatligining muhofazasi bo’yicha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etadi va o’tkazilishida ishtirok etadi.

—Sanitariya-profilaktika muassasalari xodimlarining ish joylarida uzluksiz malaka oshirishlarini ta’minlaydi.

— Tumandagi tibbiyot muassasalarini zarur bo’lgan vaksina va bakpreparatlar, diagnostikumlar, ozuqa muhitlari bilan ta’minlanishini muvofiqlashtirib turadi.

— Viloyat bo’yicha virusologik va bakteriologik preparatlarga bo’lgan extiyojini o’rganadi va byudjet hisobiga olish uchun buyurtma tuzilishini ta’minlaydi, tashqi va muruvvat yordamlar hisobiga vaksinalar bilan ta’minlashda boshqa mablag’lardan foydalanadi.

— Tabiiy ofatlar, avariyalar va x.k. natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan tashvishli epidemiologik holatlarni oldini olish uchun diagnostikumlar, virusli va bakteriologik preparatlar, kimyoviy reaktivlarning tuganmas zaxirasini bo’lishini ta’minlaydi.

— Sanitariya-epidemiologiya masalalari bo’yicha aholidan kelayotgan xat, shikoyat va arizalarni o’z vakolat doirasida belgilangan tartibda ko’rib chiqadi, ularning kelib chiqish sabablarini o’rganadi va bartaraf etish tadbirlarini amalga oshiradi.

— O’zbekiston Respublikasi Qonunlari asosida boshqa xizmat burchlarini amalga oshiradi