Tepki kasalligini yuqish yo‘llari:

Tepki kasalligini yuqish yo‘llari:

Asosan havo-tomchi yo‘li orqali tarqaladi.

Kam hollarda kasallangan odamning buyumlari orqali yuqishi mumkin.

Inkubatsion davri

11 kundan 23 kungacha (o‘rtacha 18–20 kun).

Bu davrda bemorda hech qanday klinik belgi bo‘lmaydi.

Klinik belgilar

1. Kasallikning boshlanish davri:

umumiy holsizlik,

bosh og‘rig‘i,

ishtahaning yo‘qolishi,

tana haroratining 38–39 °C gacha ko‘tarilishi.

2. Asosiy davri:

quloq oldi so‘lak bezlarining shishi va og‘rishi,

yuz shakli o‘zgaradi (“dumaloqlashadi”),

chaynash va yutishda og‘riq kuchayadi,

shish odatda 5–7 kun davom etadi.

3. Qo‘shimcha belgilar:

jag‘ osti va til osti bezlari ham shishishi mumkin,

ba’zida umumiy intoksikatsiya kuchli kechadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum