MTTlarda (maktabgacha ta’lim tashkilotlari) bolalarni ovqatlantirishga qo‘yiladigan talablar sanitariya-gigiena me’yorlari hamda bolalar organizmining yoshga xos fiziologik ehtiyojlariga asoslanadi.
1. Ovqatlanishni tashkil etish talablari
Bolalar kun davomida kamida 4 mahal ovqatlanishi kerak (ertalabki nonushta, tushlik, poldnik – ikkinchi tushlik, kechki ovqat).
2. Ovqatning sifati va gigienasi
Ovqat yangi, sifatli va xavfsiz mahsulotlardan tayyorlanishi kerak.
Ovqatlar bolalarga iliq holda (issiq emas, sovuq emas) berilishi shart.
3. Ovqat tarkibiga qo‘yiladigan talablar
Ratsionda oqsil, yog‘ va uglevodlar balanslangan bo‘lishi kerak.
Kundalik menyuga sabzavot, meva, go‘sht, sut mahsulotlari, don mahsulotlari kiritilishi majburiy.
4. Ovqatlanish jarayonida gigiena
Bolalar ovqatdan oldin va keyin qo‘l yuvishlari kerak.
5. Nazorat
Har kuni tayyorlangan ovqatdan “sutka davomida saqlanadigan nazorat namunasi” olinadi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum