Sil (tuberkulyoz) — bu Mycobacterium tuberculosis (Kox tayoqchasi) deb ataluvchi bakteriya chaqiradigan yuqumli kasallikdir. Asosan o‘pka zararlanadi, ammo buyrak, suyak, limfa tugunlari va boshqa a’zolarda ham uchrashi mumkin.
♦️ Yuqish yo‘llari:
Havo-tomchi yo‘li (yo‘talganda, aksirganda, gapirganda).
Kasallik manbai — faol sil bilan og‘rigan odam.
Asosiy belgilari:
Uzoq davom etuvchi yo‘tal (2 haftadan ortiq),
Yo‘tal paytida balg‘amda qon aralashishi,
Isitma (ko‘pincha kechqurun),
Kechasi terlash,
Ozib ketish, holsizlik,
Ko‘krakda og‘riq.
🔬 Oldini olish:
Yangi tug‘ilgan bolalarga BCG vaksinasi qilish,
Sil bilan og‘riganlarni vaqtida aniqlash va davolash,
Shaxsiy gigienaga rioya qilish, toza havo va quyosh nuri bilan ta’minlash,
To‘g‘ri ovqatlanish va immunitetni mustahkamlash.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum