Difteriya – bu Corynebacterium diphtheriae bakteriyasi qo‘zg‘atadigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, asosan tomoq, burun, ba’zan esa teri va boshqa a’zolarni zararlaydi.
📌 Kasallik manbai:
Asosan bemor yoki tashuvchi odam.
Havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi (yo‘tal, aksa urishda).
Kamdan-kam hollarda maishiy yo‘l (idish-tovoq, sochiq va h.k.) orqali tarqaladi.
♦️ Asosiy alomatlari:
Tomoq og‘rishi, yutishda qiyinchilik.
Bo‘g‘izda kulrang parda (plyonka) hosil bo‘lib, uni olib tashlaganda qonashi mumkin.
Harorat ko‘tarilishi.
Bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi, bo‘yin shishishi (“buqa bo‘yni”).
Kuchli intoksikatsiya: bosh og‘rig‘i, holsizlik.
Og‘ir hollarda – nafas qisilishi, yurak va asab tizimi zararlanishi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum