Brutsellyoz odamlarda uch xil bosqichda kechishi mumkin:

Brutsellyoz odamlarda uch xil bosqichda kechishi mumkin:

1. O‘tkir bosqich (3–4 hafta davom etadi)
To‘satdan yoki asta-sekin boshlanadi.
Isitma – to‘lqinsimon ko‘tariladi (bir ko‘tarilib, keyin pasayib yana chiqishi mumkin).
Terlash, bosh og‘rig‘i, titroq, uyqusizlik.
Mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ba’zan jigar va taloq kattalashadi.

2. Surunkali bosqich (oylar va yillarga cho‘zilishi mumkin)

O‘tkir davrda yetarli davolash qilinmasa rivojlanadi.
Doimiy charchoq, lanjlik, asabiylik.
Bo‘g‘im va mushaklarda muntazam og‘riq.
Erkaklarda – urug‘don yallig‘lanishi (orxit).
Ayollarda – homila tushishi, bepushtlik xavfi.
Yurak, asab tizimi va boshqa ichki a’zolarda o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

3. Qaytalanuvchi (rekurrent) shakli

O‘tkir yoki surunkali brutsellyozdan keyin paydo bo‘ladi.
Vaqti-vaqti bilan isitma, terlash, bo‘g‘im va mushak og‘riqlari takrorlanadi.
Kasallik yillar davomida qaytalab turishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum