Leshmanioz

Leshmanioz – bu odam va hayvonlarda uchraydigan parazitar kasallik bo‘lib, uni Leishmania turkumiga mansub bir hujayrali parazitlar qo‘zg‘atadi. Kasallikni odamga chivinlarning chaqishi orqali yuqadi.

Kasallik shakllari:

1. Teri leshmaniozi (Sharq yara, Pendin yara):

Asosan terida yaralar paydo qiladi.
Boshlanishida kichik tugun (pustula) chiqadi, keyin yara hosil qiladi.
Yara uzoq vaqt bitmaydi, chandiq qoldiradi.

2. Ichki leshmanioz (kala-azar, visseral shakl):

Jigarda, taloqda, suyak ko‘migi va limfa tugunlarida rivojlanadi.

Belgilari: uzoq davom etuvchi isitma, ozib ketish, qorin kattalashishi (jigar va taloq kattalashishi).

3. Teri-shilliq qavat leshmaniozi:

Burun, og‘iz, tomoq shilliq qavatlarini shikastlaydi.
Burun deformatsiyasi, nafas olishda qiyinchilik keltirib chiqaradi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum