Epidemik parotit

Epidemik parotit (xalq orasida “kabakul”, “svinka” deb ataladi) – bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan so‘lak bezlarini zararlaydi. Uni paramiksoviruslar oilasiga mansub virus qo‘zg‘atadi.

Kasallik haqida qisqacha:

Yuquvchi manbai: faqat bemor odam.

Yuqish yo‘li: havo-tomchi orqali (gaplashganda, yo‘tal, aksa urganda).

Yashirin davri: odatda 11–23 kun (o‘rtacha 18 kun).

Alomatlari:

Umumiy holsizlik, bosh og‘rig‘i, ishtaha yo‘qolishi.
Tana harorati ko‘tarilishi (38–39 °C).

Pastki jag‘ yonida, quloq oldida joylashgan so‘lak bezlari shishib kattalashadi, og‘riq paydo bo‘ladi.
Chaynashda, gapirganda og‘riq kuchayadi.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum