Markaziy dehqon bozorlarida nazorat reyd tadbirlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
🔹 Asosiy maqsad – aholiga sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sifatini nazorat qilish va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash.
✅Sanitariya-gigiena talablarini tekshirish
Savdo rastalari, tarozi va boshqa jihozlarning tozaligi.
Sotuvchilar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi.
Shaxsiy gigiena talablariga amal qilinishi.
✅Mahsulot sifatini nazorat qilish
Go‘sht va sut mahsulotlari veterinariya-sanitariya nazoratidan o‘tganligini aniqlash.
Sabzavot, meva va boshqa mahsulotlarda pestitsid, nitrat miqdorini tekshirish.
✅ Savdo qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish
Narx-navolarni belgilashda oshkoralik.
O‘lchov va tarozilar aniqligi.
Sertifikat va hujjatlarning mavjudligi.
✅Aholi salomatligini muhofaza qilish choralari
Infeksion kasalliklarning oldini olish.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum