Vitiligo — nima?

Vitiligo — nima?
Vitiligo — bu terining pigmenti (rangini beruvchi melanin) yo‘qolib, oq yoki sutrang dog‘lar paydo bo‘ladigan surunkali teri kasalligi.

❇️ Normal sharoitda terida melanin pigmentini ishlab chiqaradigan melanosit hujayralar bo‘ladi.

❇️ Vitiligoda esa immun tizim bu hujayralarni noto‘g‘ri “yot” deb tanib, ularga hujum qiladi (autoimmun jarayon), yoki ular boshqa sababdan nobud bo‘ladi.

❇️ Natijada pigment yo‘qoladi va oq dog‘lar paydo bo‘ladi.

Asosiy belgilar:

❇️ Terida har xil kattalikdagi oq dog‘lar.

❇️ Dog‘lar atrofida teri sog‘lom, chegarasi aniq bo‘ladi.

❇️ Sochlar ham oqargan bo‘lishi mumkin.

https://t.me/sanepidqom_qarshitum