Suv organizmda qanday vazifani bajaradi
✅ 1. Moddalar almashinuvini ta’minlaydi
Suv barcha hujayra va to’qimalarda kimyoviy reaksiyalar uchun zarur muhitdir. U moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
✅ 2. Hujayralarni oziqlantiradi
Suv orqali oziq moddalar va kislorod hujayralarga yetkaziladi, chiqindi mahsulotlar esa chiqarib yuboriladi.
✅ 3. Tana haroratini me’yorda ushlab turadi
Suv terlash orqali tanani sovitadi va organizm haroratini muvozanatda saqlaydi.
✅ 4. Toksin va chiqindilarni chiqaradi
Buyraklar orqali zararli moddalar, toksinlar, ortiqcha tuz va boshqa chiqindilar siydik bilan chiqariladi – bu jarayonda suv muhim rol o‘ynaydi.
✅ 5. Bo‘g‘imlarni himoya qiladi
Suyuq modda bo‘g‘imlarni moylaydi, suyaklar orasida sirpanish va harakatni osonlashtiradi.
✅ 6. Ovqat hazm qilishga yordam beradi
Suv ovqatni hazm qilishda, so‘rilish va chiqindilarni chiqarishda ishtirok etadi. Og‘izdan boshlab to to‘g‘ri ichakka qadar suv muhim rol o‘ynaydi.
✅ 7. Qon tarkibining asosiy qismi
Qonning taxminan 90% ini suv tashkil etadi. Bu esa kislorod va oziq moddalarning butun organizm bo‘ylab tashilishini ta’minlaydi.
✅ 8. Terini namlaydi va yoshartiradi
Organizmda yetarli miqdorda suv bo‘lsa, teri sog‘lom, elastik va silliq bo‘ladi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum