Yodning asosiy biologik funksiyalari:
1. Qalqonsimon bez gormonlarini hosil qilish:
♦️Yod tiroksin (T4) va triyodtironin (T3) gormonlarining tarkibiy qismini tashkil qiladi.
♦️Bu gormonlar modda almashinuvini, tana harorati, yurak urishi, nerv tizimi va o‘sishni boshqaradi.
2. Markaziy asab tizimining rivojlanishi:
♦️Yod homiladorlik va erta bolalik davrida miya rivojlanishi uchun zarur.
♦️Yetishmovchilik aqliy zaiflik (kretinizm) va intellektual rivojlanishda orqada qolishga olib keladi.
3. Immunitetni qo‘llab-quvvatlash:
♦️Yod organizmning virus va infeksiyalarga qarshi kurashishda yordam beradi.
4. Energiya ishlab chiqarishda ishtirok:
♦️Qalqonsimon bez gormonlari hujayralarda energiya ishlab chiqarishni faollashtiradi.
https://t.me/sanepidqom_qarshitum